"London Chess Classic 2025": Nodirbek Abdusattorov 3-turda g‘alabaga erishib, peshqadamga aylanib oldi
Xabaringiz bor, Londondagi “Emirates Stadium”da "London Chess Classic 2025" o‘tkazilmoqda. Bu yilgi musobaqa 10 nafar kuchli grossmeysterlar ishtirokidagi klassik davra tizimidagi turnir bo‘lmoqda va unda hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ham ishtirok etmoqda.
Shaxmatchimiz turnirning ilk bahsida Gavain Maroroa Jones bilan murosa yo‘lini tanladi. Ikkinchi turda esa Abhimanyu Mishrani mag‘lubiyatga uchratdi. Keyingi bahsda esa vakilimiz Nikita Vityugov ustidan chiroyli g‘alabaga erishdi va musobaqa jadvalida birinchilikni o‘z qo‘liga oldi!




Fikrlar