"Lokomotiv"ning 4 futbolchisida koronavirus aniqlandi

  • 28 may, 2020, 15:07
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Moskvaning "Lokomotiv" klubi rasmiy sayti jamoa a’zolarining koronavirus uchun topshirgan tahlillari natijasini e’lon qildi. Unga ko‘ra, jamoaning 4 nafar futbolchisida COVID-19 infektsiyasi aniqlangan bo‘lib, bular yarim himoyachi Dmitriy Barinov, darvozabon Anton Kochenkov, hujumchi Timur Suleymanov va xavbek Roman Tugarevdir. Kasallik simptomlarsiz kechmoqda va ular izolyatsiya qilingan.

"Lokomotiv"ning qolgan a’zolari klub bazasida mashg‘ulotlarga kirishgan va 21 iyun kunidan davom ettirilishi kutilayotgan Rossiya Premer-ligasi o‘yinlariga tayyorgarlikni davom ettirmloqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!