"Lokomotiv" va "Metallurg" futbolchilari Tojikiston U-23 terma jamoasiga chaqirildilar

  • 5 iyun, 2023, 23:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mubin Ergashev bosh murabbiyligidagi Tojikiston U-23 terma jamoasi Dushanbeda navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga kirishdilar. Rejaga binoan tojikistonliklar 15 va 19 iyun kunlari Gonkong terma jamoasiga qarshi ikkita o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishadi.

Tecno

Tojikiston U-23 bosh murabbiyi tomonidan ushbu yig‘inga 27 nafar futbolchi chaqirilgan bo‘lib, ularning orasida O‘zbekiston chempionatida o‘ynayotgan o‘yinchilar ham bor.

Jumladan, “Lokomotiv”dan Rustam Soirov hamda “Metallurg” klubidan Daler Sharipov terma jamoaga jalb etilishgan va ikkalasi hujumchi chizig‘ida to‘p surishadi.

tojik sostav

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!