
"Lokomotiv" Turkiya yig‘inida ilk bor yutqazdi
Toshkentning "Lokomotiv" klubi Turkiya yig‘ini doirasida Ruminiyaning "Chiksereda" klubiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda "temiryo‘lchilar" 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Uchrashuvning ikkinchi daqiqasidayoq Maruf Jumaev toshkentliklarni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, keyinchalik Mixail Panosh va Lorant Kovashning gollari evaziga "Chiksereda" klubi g‘alabani tantana qildi.
Ma’lumot uchun, bu "Loko"ning Turkiya yig‘inidagi ilk mag‘lubiyati hisoblanadi.
Fikrlar