
"Lokomotiv" PFLda o‘tkazgan futbolchilar ro‘yxatida Temurxo‘ja Abduxoliqov yo‘q! (Foto)
Biroz avval PFL vakili Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasi orqali "Lokomotiv" ro‘yxatdan o‘tkazgan futbolchilarni ma’lum qilgandi. Diyor Imomxo‘jaev taqdim etgan qaydnomada Temurxo‘jaev Abduxoliqov ham bor edi. Keyinchalik esa PFL rasmiy saytida "temiryo‘lchilar" 31 nafar o‘yinchini ro‘yxatdan o‘tkazganliklari ma’lum qilindi.
Shu o‘rinda Diyor Imomxo‘jaevning telegramdagi sahifasida yozgan posti ham tahrirlanib, tuzatildi.
Demak, "Loko" Temurxo‘ja Abduxoliqov va yana bir futbolchini ro‘yxatga kiritmagan!
Fikrlar