"Lokomotiv" futbolchisi: "Yuventus"ni mag‘lubiyatga uchrata olish mumkinligini ko‘rsatdik

  • 23 oktabr, 2019, 16:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Moskvaning “Lokomotiv” klubi himoyachisi Benedikt Xevedes kecha UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqich 3-turidan o‘rin olgan “Yuventus”ga qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yin haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Yuventus”ga qarshi o‘ynash bu o‘zga narsa. Men bu erda bir yil o‘ynaganman va ushbu jamoada do‘stlarim ko‘p.

Biz Turindan ochko bilan qaytishga umid qilgan edik. Biz shu kuni ko‘prog‘iga munosib edik, afsuski Dibala hammasini o‘zgartirib yubordi.

Moskvada ham xuddi bugungidek o‘ynamoqchimiz. Biz ushbu o‘yinimiz orqali “Yuventus”ni mag‘lubiyatga uchratish mumkinligini ko‘rsata oldik. Gol urdik va ancha muddat hisobda oldinda bordik. Biroq, o‘yin oxirida kontsentratsiyani yo‘qotdik”, - deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Lokomotiv” birinchi bo‘limda gol urib hisobni ochgan edi. Biroq, ikkinchi bo‘lim oxirlarida Paulo Dibala ketma-ket gollar urib “keksa sinora”ga g‘alaba olib keldi.

Ma’lumot uchun, “Lokomotiv” “Yuventus”ni

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!