"Lokomotiv" bosh murabbiyi: "Raqibga gol urishi uchun biz yordam berdik"

  • 25 oktabr, 10:00
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liganing 17-turida peshqadam hisoblangan "Lokomotiv" o‘z uyida Farg‘onaning "Fardu" jamoasini qabul qildi. Qiyin o‘tgan uchrashuvda mezbonlar ikki ochkoni yo‘qotdi va bellashuv 2:2 hisobidagi durang bilan yakun topdi.

Tecno

"Lokomotiv" ustozi Mirko Elichich esa uchrashuv masalasidagi ayrim savollarga javob qaytardi. Bu haqida klub matbuot xizmati bayon etdi.

- Birinchi bo‘limni bo‘sh boshladik. Lekin o‘yinni nazorat qilib turgandik. Chunki biz asosan to‘pni ushlab turish uchun tizim yaratgandik. Raqiblar birinchi bo‘limda unchalik ko‘p hujum qilishmadi. Ularga gol urishi, o‘yinning intensivligi oshishi uchun biz yordam berdik, - deydi Elichich.

- Jamoa standartlardan keyin ikkita gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda nima deya olasiz?

- E’tiborsizlik. Yigitlar bo‘layotgan voqeliklarga shunchaki qarab turishdi va reaktsiya qilishmadi. Bu haqda men ko‘p gapirganman. Pozitsiya bu alohida narsa, lekin e’tibor to‘pda bo‘lishi kerak. Tarkibda 2-3 nafar bo‘yi uzun futbolchilar bor. Ular bunday paytlarda xavfni bartaraf qilishlari kerak. Chunki standartlar o‘yin taqdirini hal qilishi mumkin. 90 daqiqa mobaynida hujumda o‘ynab, ikkita golni standartdan o‘tkazib yuborish... Bu haqda gapirish qiyin.

- Umuman olganda, jamoaning o‘yinidan mamnunmisiz?

- Darajani oshirish kerak. Biz esa o‘sha darajani izlayapmiz. Shuningdek, barqarorlikni ushlash kerak. 90 daqiqa davomida mehnat qilyapsizmi, sifatli ishlash kerak. Bo‘shashsangiz istalgan raqib qiynab qo‘ya oladi. Hozir jamoaning o‘yini unchalik yomon emas, lekin o‘yindan-o‘yinga darajani oshirish kerak. Aynan shu narsa hozir jamoaga etishmayapti. Qo‘shish uchun esa ishlash kerak.

- Jamoa uydagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazdi. Oldinda 3 safar o‘yini kutib turibdi.

- O‘yinlar qiyin bo‘ladi, ayniqsa "Aral" hamda "Jayxun"ga qarshi bahslar. Chunki u erdagi maydonda futbol o‘ynash qiyin. Bunday maydonda harakat qilmasdan chempionlikni qo‘lga kiritishning imkoni yo‘q. Bu holatni o‘rganib chiqishimiz kerak.

- "FarDU" jamoasi haqidagi fikrlaringiz.

- Ular 5-3-2 tizimida o‘ynayotganida ko‘p rejalari amalga oshmoqda. Agarda 4-4-2 sxemasida o‘ynashganida bizning rejalar o‘xshagan bo‘lardi. Murabbiy almashganidan keyin ular zich futbol o‘ynashmoqda. Hozir jamoa nima qilish kerakligini bilmoqda, futbolchilarning o‘zlarida etarlicha fikrlar bor.

- Farg‘onadagi o‘yindan keyin siz maydonning holatini yomon va futbol o‘ynashga noqulay deb aytgandingiz.

- Yo‘q, unday demaganman. U erda futbol o‘ynasa bo‘ladi. Shunchaki, maydon oyoqlar va mushaklar uchun biroz zararli, maydon notekis holatda edi. Chim yaxshi, biroq maydonning o‘zi notekis bo‘lgandi. Agarda krossovkada stadionga chiqsangiz maydonning notekisligini sezasiz. U erda 90 daqiqa o‘ynash biroz qiyinchilik tug‘dirdi. Lekin umuman olganda, maydon yaxshi holatda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!