"Lokomotiv" bosh murabbiyi qur’adan keyin: "Raqib haqida hech nima bilmaymiz, pro liga favoritimiz va doim kuchli "nastroy"da bo‘lamiz"

  • 23 fevral, 2023, 08:35
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor, yaqinda pro liganing yangi mavsumi uchun qur’a tashlandi. Musobaqa favoritlari bor va bu qatorda birinchi bo‘lib Toshkentning “Lokomotiv” klubi tilga olinadi. Tarkibini yana o‘zimizning hamda xorijlik o‘yinchilar evaziga kuchaytirishga erishgan “temiryo‘lchilar” shu yilning o‘zidayoq vazifani uddalashmoqchi va bunga ko‘pchilik ishonyapti ham.

Tecno

“Loko” pro ligadagi dastlabki o‘yinini safarda musobaqa debyutanti – “Andijon-SGS”ga qarshi o‘tkazadigan bo‘ldi. “Loko” bosh murabbiyi Denis Korostichenko qur’a va jamoasining tayyorgarligi haqida gapirdi.

“Hech kimni oson raqib deya olmayman”

- Qur’adan nima kutdik? Hech nima kutmadik. Shundoq ham pro liganing o‘zi kuchli. Biz har qanday raqibga tayyor turishimiz kerak. Bu qur’a bo‘lgani uchun unda har bir jamoa bilan ikkitadan o‘ynashimiz lozim. Bizga kim duch kelishidan qat’iy nazar, bu uyda bo‘ladimi yoki safardami, to‘liq shay holatda bo‘lishimiz shart. Pro ligaga chiqqan Andijon jamoasi haqida to‘g‘risi bilmaymiz. Lekin eshitganmiz, yomon emas. Yaxshi raqib. Bu jamoa Turkiya yig‘iniga ketgan. Jamoamizni har bir raqibga bir xil tayyorlaymiz. Hech kimni oson raqib deya olmaymiz. Har biri biz uchun kuchli bo‘ladi. Harakat qilamiz va tayyorlanamiz.

denis1

“Endi boshqa xato qilmasligimiz kerak”

- Bilasizmi, “Lokomotiv”da o‘tgan yili qanday xato qilganimizni barcha yaxshi tushunib turibdi. Hozir mutlaqo bo‘shashishga haqqimiz yo‘q va bu haqida o‘ylamayapmiz ham. Superligada bo‘ladimi yoki pro ligadami, endi boshqa xato qilmasligimiz kerak. Faqat oldinga qarab yuramiz va barchasini yutishga harakat qilamiz. Har bir raqibga kuchli “nastroy” bo‘ladi. Raqib jamoada yosh bolalar o‘ynasa ham biz bunga ahamiyat bermaymiz va umuman bo‘shashmaymiz. Mashg‘ulotda nimani ustida ishlagan bo‘lsak, shuni o‘yinda ko‘rsatamiz.

“Eski raqiblar bir-birini biladilar”

- 1-turda markaziy o‘yinlarga kelsak, “Mash’al” – “Dinamo”. Ikkalasi ham Superligada o‘ynagan. Eski raqiblar bir-birini biladilar. Bundan tashqari, “Sho‘rtan” – “Qo‘qon-1912” juftligi ham bor. Qolganlari ham e’tiborli.

denis

“Biz musobaqa favoritimiz”

- Ha, men 100 foiz qo‘shilaman. Albatta, biz musobaqa favoritimiz. Xudo hohlasa, pro liga g‘olibi bo‘lib, darhol Superligaga qaytishga harakat qilamiz. “Dinamo”, “Sho‘rtan”, “Mash’al”, “Xorazm, barchasi kurashadi. Albatta, “Qo‘qon-1912” ham. Tabiiyki, Superligadan tushgan jamoalar yana qaytgisi keladi. O‘ylashimcha, “Dinamo” bilan “Qo‘qon-1912” asosiy raqobatchilar. Ha, qolganlari ham kurashadi.

“Pro ligada yoshlar uchun tajriba bo‘ladi”

- Biz har doim eng kuchli “nastroy”da bo‘lishimiz muhim. Albatta, Superliga bilan pro ligani farqi bor. Tajribali klublarning barchasi Superligada. Mahoratli o‘yinchilar ham o‘sha erda. Pro ligada ko‘proq yoshroq futbolchilar o‘ynaydi. Maqsadi bor klublarda albatta tajribali futbolchilar va legionerlar bor. Jumladan, bizda va “Dinamo”da. Pro ligada o‘ynaydigan yoshlar uchun bu tajriba maktabi hisoblanadi. Qolgan narsalar – infrastruktura haqida aytish mumkin. Pro ligada jamoalar stadionlarini yaxshilashga harakat qilishadi. Superligada baribir bu masalada daraja kattaroq. Farqlari mana shunday tomonlarda.

Shuhratbek Jo‘raev.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Rostgoy
23/02/2023 09:05
Еш уйинчилари купми купи кария