
"Lokomotiv" - "Al Vahda" 2:0 (video)
Xabaringiz bor, bugun qit’amizning ayrim shaharlarida OChL-2019 1-turidan o‘rin olgan o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Jumladan, hozirgina Toshkentning "Lokomotiv" va BAAning "Al Vahda" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Bahs taqdirini 6-daqiqada "temiryo‘lchilar" hujumchisi Temurxo‘ja Abduholiqov va 90-daqiqada Islom To‘xtaxo‘jaev tomonidan kiritilgan gollar hal qildi. Shu tariqa "Lokomotiv" OChLdagi yurishini g‘alaba bilan boshladi.
Quyida ushbu uchrashuvning qisqacha videosharhi hamda kiritilgan gollarni tomosha qilishingiz mumkin:
Fikrlar