"Liverpul"ning ikki futbolchisi tarkibga qaytdi

  • 24 dekabr, 2020, 18:53
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning navbatdagi turidan o‘rin olgan “Vest Bromvich”ga qarshi o‘yindan oldin tarkibdagi o‘zgarishlar haqida gapirdi.

Tecno

Germaniyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, yarim himoyachilar - Jeyms Milner va Jerdan Shakiri birmingemliklarga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin. Braziliyalik xavbek Tiago Alkantara esa hali to‘liq sog‘aymagan va shu sababli bu o‘yinni ham aniq o‘tkazib yuboradi.

“Tiago umumiy guruhda mashg‘ulotlarga birinchi qadamlarni qo‘ymoqda. Biz hozir shoshilmasligimiz kerak. Shakiri shug‘ullandi, unda barchasi juda yaxshi. Kecha Milner ham mashg‘ulotlarda to‘liq ishtirok etgan. Bugun ularning ikkalasi ham mashg‘ulotlarga moslashib oldi”, - dedi Klopp.

“Liverpul” – “Vest Bromvich” uchrashuvi 27 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!