
"Liverpul"ning asosiy futbolchilaridan biri "Manchester Siti"ga qarshi bahsni o‘tkazib yuboradi
“Liverpul” klubi himoyachisi Joel Matip yaqin 6 haftani lazaretda o‘tkazishi mumkin.
Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra shifokorlar 28 yoshli futbolchini kamida 1,5 oy davolanishi lozimligini aytishgan. Shu tariqa u 10 noyabr kuni “Enfild”da “Manchester Siti”ga qarshi bo‘lib o‘tadigan printsipial bellashuvni o‘tkazib yuboradigan bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Matip 28 sentyabr kuni APLning “Sheffild Yunayted”ga (1:0) qarshi bo‘lib o‘tgan bahsida jarohat olgan edi.
Ma’lumot uchun, Matip joriy mavsum premer-ligada 7 ta bellashuvda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 1 ta gol yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar