
“Liverpul”da katta yo‘qotish
“Liverpul” o‘yinchilaridan Xarvi Elliot Angliya U-21 terma jamoasi safida oyog‘ini sindirib oldi.
The Telegraph nashrining yozishicha, bu voqea terma jamoaning mashg‘ulotlarida ro‘y berdi. Oyoq panjalarida og‘riq his qilgan 21 yoshli futbolchi tibbiyot xizmati vakillariga murojaat qilib, muammoni aytgan.
Chuqurlashtirilgan tekshiruv Elliottning panja suyaklari yorilganini ko‘rsatda. Endi iqtidorli o‘yinchi kamida bir oy davomida davolanishiga to‘g‘ri keladi.
Elliotning o‘zi keyingi FIFA kunlari yakunlangunicha safga qaytishga umid qilyapti. U 20 oktyabr kuni “Chelsi”ga qarshi o‘tkaziladigan uchrashuvda ishtirok etishni reja qilgan.
Iqtidorli himoyachi joriy mavsumda “Brentford” bilan uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, atigi etti daqiqa o‘ynagan xolos.
Fikrlar