
"Liverpul" Van Deyksiz o‘ynashni o‘rganishi shart!"
"Liverpul" sardori Jordan Xenderson jarohatlangan himoyachi Virjil van Deyk haqida gapirdi:
"Bu biz uchun juda katta zarba bo‘ldi. Ammo u jarohatidan qaytganida, yanada kuchliroq o‘yin ko‘rsatishiga aminman. Ungacha, g‘alaba qozonish uchun qo‘limizdan kelganicha harakat qilishimiz kerak. Biz birlashib, bundan ijobiy tarzda foydalanishimiz lozim. Hozirgi paytda bu juda kulguli tuyulishini bilaman. Biroq "Liverpul" van Deyksiz o‘ynashni o‘rganishi shart!
Virjil kuchli xarakterga ega. U har tomonlama yaxshi o‘yinchi va albatta, bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi", deya Xenderson so‘zlarini "Liverpul" matbuot xizmati keltirmoqda.
Virjil van Deyk APL 5-turidan o‘rin olgan "Everton"ga qarshi uchrashuvda raqib posboni Jordan Pikford bilan to‘qnashib ketdi va uzoq muddatga safdan chiqdi.
Fikrlar