
"Liverpul" Rossiyaga ishlagani ketayotgan futbolchisini Angliyada olib qolmoqchi
"Liverpul" klubi rahbariyati himoyachi Deyan Lovrenga yangi shartnoma taklif qilmoqchi.
Sky Sports tarqatgan xabarga ko‘ra, mersisaydliklar 31 yoshli xorvatiyalik futbolchi bilan shartnomani uzaytirish huquqidan foydalanmoqchi. Tomonlar o‘rtasidagi yangi kelishuv 2022 yilga qadar imzolanishi kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Lovrenga “Zenit”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani va piterliklar unga yiliga 2,5 mln evro maosh taklif qilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Lovren joriy mavsum “Liverpul” safida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va 1 ta gol hamda 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar