"Liverpul" Nunes o‘rniga Bundesliganing eng yaxshi hujumchilaridan birini olib kelmoqchi

  • 29 may, 15:14
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Ayntraxt" jamoasining markaziy hujumchisi Ugo Ekitike "Liverpul" klubining qiziqish doirasiga tushdi. Bu haqda jurnalist Florian Plettenberg xabar berdi.

Tecno

Manbaga ko‘ra, mersesaydliklar 22 yoshli frantsiyalik futbolchini xarid qilish niyatida jiddiy. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. Shu bilan birga, Ekitike uchun kurashda "Chelsi" ham raqib bo‘lishi mumkin.

Ma’lum qilinishicha, "Ayntraxt" o‘z futbolchisini 100 million evroga baholamoqda, ammo hozircha rasmiy taklif qabul qilinmagan.

Joriy mavsumda Ugo barcha musobaqalarda 48 ta uchrashuvda maydonga tushib, 22 ta gol va 12 ta golli uzatma bilan ishtirok etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!