
“Liverpul” Muhammad Saloh bo‘yicha bir qarorga keldi
Keyingi paytda “Liverpul” hujumchisi Muhammad Saloh yozda boshqa jamoaga o‘tishi haqida xabarlar ko‘p tarqatilmoqda.
Xususan, hujumchi qidirayotgan PSJ misrlik to‘purarni transfer nishoni sifatida belgilagan edi. Biroq, parijliklar 30 yoshli futbolchi uchun kurashmaydigan bo‘ldi.
Bunga liverpulliklar Muhammad Salohni uzoq muddatli rejalariga kiritgani va unga suyanishda davom etishini namoyon qilgani asos bo‘ldi. Jurnalist Ben Jeykobs klub afrikalik yulduzni qo‘yib yubormasligi haqida ma’lumot tarqatdi.
Joriy mavsumda Muhammad Saloh 35 ta uchrashuvda 19 ta gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. Transfermarkt portali uni 80 million evroga baholamoqda.
Fikrlar