"Liverpul" ikki nafar futbolchisiga yangi shartnoma taklif qiladi

  • 31 may, 2019, 15:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Liverpul" klubi rahbariyati jamoa himoyachisi Joel Matip va xavbek Jeyms Milner bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra har ikkala futbolchiga ham 2021 yilga qadar tuzilgan yangi shartnoma taklif etiladi. Ta’kidlash kerakki, Matin va Milnerning amaldagi shartnomalari 2020 yilga qadar imzolangan.

Ushbu futbolchilar bilan shartnoma uzaytirilgani haqida ertaga bo‘lib o‘tadigan Chempionlar ligasi finalidan so‘ng rasman e’lon qilinishi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Mapit joriy mavsum mersisaydliklar safida 30ta o‘yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi. 33 yoshli Milner esa 44ta o‘yinda o‘z hisobiga 7ta gol va yana shuncha golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!