"Liverpul" hujumchisi A Seriyaga yo‘l olishi mumkin

  • 16 mart, 2022, 18:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Liverpul” hujumchisi Divok Origi jamoani tark etishga yaqin turibdi.

Tecno

Jurnalist Nikolo Skiraning xabar berishicha, 26 yoshli belgiyalik futbolchining xizmatlari “Atalanta” va “Milan”ga taklif qilingan. U bir mavsum uchun 3,5-4 million evro maosh so‘ramoqda.

Origining "Liverpul" bilan amaldagi shartnomasi mavsum oxirida tugaydi, ammo kelishuv yana bir yilga uzaytirish imkoniyatini o‘z ichiga oladi.

Origi joriy mavsumda jami 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!