"Liverpul" himoyachisi Rossiya chempionatida to‘p suradi

  • 12 iyul, 2020, 23:35
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" markaziy himoyachisi Deyan Lovren faoliyatini Rossiya Premer-ligasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Chempionat sayti ma’lumotiga ko‘ra, "Zenit" xorvatiyalik futbolchi bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Ta’kidlanishicha, 31 yoshli futbolchi mersisaydliklar bilan kelishuvini bekor qilib, piterliklar tarkibiga erkin agent maqomida kelib qo‘shiladi.

Lovren "Liverpul" ixtiyoriga 2014 yilda kelib qo‘shilgan. Joriy mavsumda himoyachi "qizillar" safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!