
"Liverpul" himoyachisi faoliyatini "Vilyarreal"da davom ettirishi mumkin
"Liverpul" bilan shartnomasi yakunlanib, erkin agentga aylanadigan himoyachi Alberto Moreno faoliyatini o‘z vatanida davom ettirishi mumkin.
Marca nashri tarqatgan xabarga qaraganda 26 yoshli ispaniyalik futbolchining xizmatlariga "Vilyarreal" klubidan qiziqishlar mavjud. Ta’kidlash kerakki, u 1 iyul kuni rasman erkin agent maqomini oladi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Morenoni Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi ham o‘z safida ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun, Moreno “Liverpul” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan mavsum bor yo‘g‘i 5ta o‘yinda maydonga tushdi xolos.
Fikrlar