"Liverpul" futbolchisi "Lids"ga o‘tishga tayyor

  • 7 dekabr, 2019, 13:07
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" yarim himoyachisi Jeyms Milner "Lids"ga ko‘chib o‘tishga tayyor ekani haqida aytib o‘tdi. 33 yoshli xavbekning liverpulliklar bilan shartnomasi mavsum so‘nggida yakuniga etadi.

Tecno

"Men barchasi uchun ochiqman. Boshqa davlatga yo‘l olishni va o‘zim uchun yangi ligalarda yangi futbol uslublari bilan tanishishni xohlayman. Ammo oilam qiziqishlarini ham hisobga olishim kerak.

Men "Liverpul" bilan Chempionlar ligasida g‘olib bo‘ldim, bu yil APLni yutishga asosiy davogarmiz. Kelajakda bizni nima kutib turganini bilmayman.

"Lids"da yana bir bor to‘p sursam yaxshi bo‘lardi, ammo bu masala bo‘yicha men bilan xech kim aloqaga chiqqani yo‘q", - deydi Milner.

Milner "Lids" sharafini 2002 yildan 2004 yilgacha himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!