
“Liverpul” etakchisi o‘rnini kim egallaydi?
“Liverpul” rahbariyati jamoa bilan yangi shartnoma imzolashdan bosh tortgan etakchi yarim himoyachi Jorjino Veynaldum o‘rniga boshqa futbolchi olib kelishga qaror qildi.
Yurgen Klopp niderlandiyalik futbolchiga o‘rinbosar sifatida Myonxengladbaxning “Borussiya”sida ishonchli o‘yin namoyish qilayotgan Denis Zakariyani o‘z jamoasiga ko‘rmoqchi. Bu futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yozida yakunlanishi bois, uni kelayotgan yozda sotib olish imkoni bo‘ladi.
“Borussiya” shveytsariyalik futbolchini qo‘yib yubormoqchi emas. Lekin Denis yangi shartnomadan bosh tortsa, klub kompensatsiya pulidan quruq qolmaslik uchun yozda uni sotib yuboradi. Bundan tashqari, myonxengladbaxliklar har ehtimolga qarshi Zakariya o‘rniga yangi futbolchi ham topib qo‘ydi. Ular “Tuluza” vakili Kuadio Koneni ko‘zlab turibdi.
Zakariyaga “Manchester Siti”, “Bavariya” va “Atletiko”dan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Fikrlar