
"Liverpul" "Chelsi" va "Real" ko‘zlab qo‘ygan himoyachini ilib ketishi mumkin
Milosh Kerkez yozda "Liverpul"ga o‘tishi mumkin.
"GiveMeSport" nashrining xabar berishicha, "mersisaydliklar" yozda "Bornmut"ning chap qanot himoyachisi transferi bo‘yicha taklif kiritishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlanishicha, vengriyalik futbolchining AZdan "Bornmut"ga o‘tishida hozirda "Liverpul" sport direktori lavozimida faoliyat yuritayotgan Richard Xyuz ishtirok etgan.
Klub Endryu Robertson va Konstantinos Tsimikasga raqobatchi bo‘la oladigan o‘yinchini jamoaga qo‘shib olmoqchi. Shuningdek, agar Trent Aleksander-Arnold klubni tark etadigan bo‘lsa, "Liverpul" yangi o‘ng qanot himoyachisi ham topishi kerak bo‘ladi.
Miloshga "Chelsi" ham qiziqish bildirmoqda va Renatu Veyganing kelajagi noaniq bo‘lgani sababli himoyachini o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin. "Bornmut" futbolchisi "Real Madrid"ning ham "short-list"iga kiritilgan. Biroq, madridliklar hozircha uni jamoaga qo‘shib olish uchun harakat qilgani yo‘q.
Fikrlar