"Liverpul" asosiy himoyachisini transferga qo‘ymoqchi

  • 30 mart, 2019, 19:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Liverpul" klubi rahbariyati yozda jamoaning asosiy himoyachisi Deyan Lovrenni transferga qo‘yishmoqchi.

Tecno

Liverpool Echo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra mersisaydliklar 29 yoshli xorvatiyalik futbolchi borasida bildiriladigan 35-40 million evrolik taklifni ko‘rib chiqishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, Lovrenga asosan A Seriya klublaridan takliflar bo‘lmoqda. "Napoli", "Milan" va "Roma" klublaridan qiziqishlar bor.

Ma’lumot uchun, Lovren "Liverpul" safida jami 13ta o‘yinda ishtirok etdi va 1ta gol hamda 1ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!