“Liverpul” 100 million funtga zo‘r hujumchi oladi

  • 17 iyun, 08:43
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya chempionligiga sazovor bo‘lgan “Liverpul” yangi mavsum oldidan tarkibini sezilarli darajada kuchaytirish uchun katta transferga qo‘l urmoqda.

Tecno

The Sun nashrining ma’lum qilishicha, klub mutasaddilari “Nyukasl”ning qanot hujumchisi Entoni Gordon transferi bo‘yicha ish boshladi.

Manbaga ko‘ra, mersisaydliklar 24 yoshli futbolchini olish uchun “qarg‘alarga” 100 million funt (117 million evro) to‘lashga tayyor.

Aslida Arne Slot bu pozitsiyaga PSJ vakili Bredli Barkolani olib kelmoqchi edi. Biroq parijliklar “Liverpul” taklifini qabul qilmadi va bu hujumchi sotilmasligini uqtirdi.

Mersisaydliklarning Gordonni olishga harakat qilayotganiga jamoaning kolumbiyalik hujumkor futbolchisi Luis Diasning klubdagi kelajagi mavhum ekani ham sabab bo‘lyapti. Luis Dias “Liverpul”dagi ahvolidan norozi va o‘zi o‘ynashni orzu qilgan “Barselona”ga o‘tishga tayyorlanyapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!