"Liverpul" - "Lids" uchrashuvidan ham qiziqroq fakt!

  • 12 sentabr, 2020, 18:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun "tumanli albion"ning ikki chempion jamoasi o‘zaro bellashadi. Biri APL chempioni, boshqasi Chempionship g‘olibi sifatida "Enfild"da saf tortadi.

Tecno

Ushbu bahsda "qizillar" a’zosi Jeyms Milner maydonga tushishi va tarixiy natijani qayd etishi mumkin. Gap shundaki, angliyalik yarim himoyachi lidsliklarning APLdagi so‘nggi mavsumida "Liverpul"ga qarshi bellashuvda harakat qilgan. Va oradan 16 yil o‘tib, sobiq jamoasiga qarshi mersisaydliklar safida o‘yinga qo‘shilishi mumkin.

"Lids" sobiq futbolchisi Maykl Dyuberri bu o‘yin oldidan o‘z xotiralari bilan o‘rtoqlashdi:

"O‘sha vaqtda tarkibimizda ko‘plab xarizmatik futbolchilar bor edi: Viduka, Kelli, Betti, Kolduell va men. Jeyms ham biz kabi barcha uchun yoqimli futbolchi edi. Uning texnikasi ajoyib edi va Premer-liga saviyasiga tezda moslasha oldi. U biz bilan bir darajaga 17 yoshdayoq chiqib ulgurgan edi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!