Litovka "Andijon"ning 5:0 hisobidagi g‘alabasi haqida: "O‘yinni engil o‘tdi, deya olmayman"

  • 26 aprel, 2023, 22:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon”ning “Metallurg” ustidan qozongan 5:0 hisobidagi yirik g‘alabasida darvozabonimiz Igor Litovkaning ham mehnati bor. Boisi, u kerak vaziyatlarda muhim seyvlarni amalga oshirib, darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Legioner posbon yirik hisobdagi g‘alaba to‘g‘risida shunday dedi:

Tecno

"O‘yinni biz uchun engil o‘tdi, deya olmayman. Uchrashuvni yaxshi o‘tishida tezkor gollar urib olganimiz ham asosiy sabablari biri bo‘ldi, deb o‘ylayman. Aynan shu narsa g‘alabamizning bosh omili bo‘ldi. Darvozamizdan gol o‘tkazmagan holda yirik hisobda yutganimiz ham juda yoqimli bo‘ldi. Taymni darvozamiz daxlsizligini saqlab qolgan ravishda tugatganimiz bizga yana qo‘shimcha kuch va imkoniyat berdi.

Bu g‘alaba tezkor urilgan gollar tufayli ham muxlislarni xursand qildi, deb o‘ylayman. Bundan tashqari, tomoshabop o‘yin bo‘ldi. Zarbalarimiz bir necha bor raqib darvoza to‘siniga tegib qoldi. Aks holda hisob bundan-da yirik ko‘rinish olardi. Biz yana ham boshqa imkoniyatlardan foydalana olmadik. O‘z o‘rnida aytishim kerakki, Rubinga ham qoyil. U jamoamiz uchun maydonda ko‘p ishlarni qildi. Umuman olganda, butun jamoamiz yaxshi harakat qildi. Bizni bu g‘alabaga ishtiyoqimiz juda kuchli edi va o‘zimizni shunga tayyorlagandik", - dedi Litovka.

“Andijon” matbuot xizmati.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Bek 56
27/04/2023 05:29
Balli bolalar g'alaba davomli bo'lsin