
"Lion"ning 7 nafar a’zosida koronavirus aniqlandi
"Lion" klubining 7 nafar a’zosida Covid-19 borligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Only Gones xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, hozircha kasallanganlarning faqatgina bir nafarining shaxsi ma’lum. U jamoa darvozaboni Antoni Lopesh.
“Lion” koronavirusga chalingan barcha futbolchilarini terma jamoalar ixtiyoridan chaqirib olgan.
“Lion” ayni damda Frantsiya chempionatida 7 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar