
Lionel Messi AQShda super sermahsullik namoyish etmoqda
Lionel Messi AQShda gol + pas tizimida 14 ochko to‘pladi.
"Inter Mayami"ga o‘tganidan so‘ng argentinalik futbolchi barcha turnirlarda 9 o‘yin o‘tkazdi. 36 yoshli futbolchi hisobida 11 ta gol va 3 ta assist bor.
Bugun Messi MLS chempionatida debyut qildi va "Nyu-York Red Bullz"ga qarshi o‘yinning 89-daqiqasida gol urdi. Hujumchi, shuningdek, 7 marta Liga kubogi va 1 marta AQSh ochiq kubogida raqiblar darvozasini ishg‘ol etdi.
Fikrlar