
"Lion" - ayollar o‘rtasida chempionlar ligasi kubokini qo‘lga kiritdi!
"Lion" ayollar klubi kecha Evropa chempionlar ligasi finali doirasida "Barselona"ga qarshi bahs olib bordi. Unda frantsiyaliklar 3:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Chempion bo‘lgan jamoa safida gollarga Anri, Xegerberg va Makario mualliflik qildi. Kataloniyaliklarning yagona goli amaldagi "Oltin To‘p" sohibi Aleksiya Putelyas hisobiga qayd etildi.
Shu tariqa, "Lion" ayollar jamoasi 8-marotaba chempionlar ligasi g‘olibalariga aylandi. Mavsumda fantastik natijalar qayd etib kelayotgan "Barselona" klubiga finalda omad kulib boqmadi.
Fikrlar