Leroy Sane: Hammasi o‘z qo‘limizda

  • 25 aprel, 2019, 09:09
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" vingeri Leroy Sane kecha APLning qoldirilgan bahsida "Manchester Yunayted" (2:0) ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

Tecno

“Bu og‘ir o‘yin bo‘ldi. Birinchi bo‘limda o‘yinimizda biroz kamchiliklar sezildi. Ammo, tanaffusdan so‘ng ularni bartaraf etdik. Biz bugun sabr bilan o‘z o‘yinimizni ko‘rsatdik.

Biz g‘alabadan zavqlanishimiz va shu bilan birga o‘z ustimizda ishlashda davom etishimiz kerak. Hozir hammasi o‘z qo‘limizda”, - deydi germaniyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, “Manchester Siti” ayni damda APL musobaqa jadvalida 89 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!