Legionerlarimiz uchun muhim kun

  • 25 noyabr, 2020, 12:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Milliy futbol ligasida 24-tur o‘yinlari o‘tkaziladi.

Tecno

Vagiz Galiulin sardorligidagi “Nefteximik” o‘z maydonida musobaqa peshqadami “Nijniy Novgorod” jamoasini qabul qiladi. Bu o‘yin turning markaziy uchrashuvi sifatida e’tirof etilmoqda.

“Nefteximik” nijniy novgorodliklar uchun o‘ta noqulay raqib hisoblanadi. Galiulin jamoasi ikki yildan beri “Nijniy Novgorod”ni safar uchrashuvida mag‘lubiyatga uchratib kelmoqda. Bu davr mobaynida “Nijniy Novgorod” o‘z maydonida faqatgina “Chayka”dan bir martagina engilgan edi.

Bugun bo‘ladigan bellashuv ham keskin va murosasiz o‘tishi kutilyapti. Bungacha chempionatda ketma-ket to‘rtta uchrashuvda mag‘lubiyatga uchragan “Nefteximik” musobaqa etakchisini mag‘lub etib, muxlislari oldida o‘zini oqlab qolishi kerak. Nijnekamensklik futbolchilar “Veles”, “SKA-Xabarovsk”, “Orenburg” va “Enisey”ga imkoniyatni boy berganidan keyin peshqadamlar safini tark etib, musobaqa jadvalida ettinchi o‘ringa tushib qoldi.

Joriy mavsumda “Nefteximik” etakchisiga aylangan Vagiz Galiulik jami 20 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini uch marotaba aniq nishonga oldi. Asosan zaxiradan o‘yinga qo‘shilayotgan yosh yarim himoyachi Bobir Davlatov esa o‘nta uchrashuvda to‘p tepdi.

bf9e7f1d1b07244b_1

Vagiz Galiulin va Bobir Davlatov jamoasining “Nijniy Novgorod”ga qarshi uchrashuvi  Toshkent vaqti bilan 16:00 da boshlanadi.  Bu jamoalarning birinchi davradagi o‘yinida “Nefteximik” himoyachi Lev Potapovning yagona goli evaziga safardan uch ochko bilan qaytgan.

Milliy futbol ligasida to‘p surayotgan futbolchilar orasida eng ko‘p sovringa ega bo‘lgan Vitaliy Denisovning “Tom” jamoasi Sibir derbisida “Irtish” bilan kuch sinashadi. Har ikki jamoa autsayderlar qatoridan joy olgan va ligada qolish uchun jon jahdi bilan kurashmoqda.

Vitaliy Denisov o‘tgan turda Moskvada “Spartak-2” jamoasiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda o‘yin qahramoniga aylangan edi. Uning autdan otgan to‘pini ushlab qolishga uringan raqib darvozaboni, to‘p bilan birga darvoza ichiga yiqilgan va bu avtogol sifatida qayd etilgandi.

Antiqa gol kiritilishiga sababchi bo‘lgan Vitaliy Denisov esa, birinchi bo‘lim o‘rtalarida noqulay yiqilishi oqibatida jarohat oldi. Ma’lumotlarga qaraganda, futbolchimiz  bugungi uchrashuvda jamoasiga yordam bera olmaydi.

- “Spartak-2” qarshi o‘yin “Tom” uchun muvaffaqiyatli bilan bo‘lgan edi. Endi jarohat olgan Vitaliy Denisov, Denis Talalay va Ilya Zuev jamoasiga erdam bera olmaydi. Denisov – katta yo‘qotish, - deb yozmoqda news.sportbox.ru saytdi.

Vitaliy Denisov yozgi transferlar mavsumining oxirida “Tom” bilan mavsum oxiriga qadar davom etadigan bitim tuzgan edi. O‘zbekistonlik tajribali himoyachi shu kunga qadar tomskliklar tarkibida sakkizta uchrashuvda maydonga tushdi.  

4a4f_242033_1

“Tom” ayni paytda 17 ochko bilan oxiridan bitta oldin – 21-pog‘onani egallab turibdi. Bugungi raqib – 18 ochko jamg‘argan “Irtish” 19-o‘rindan bormoqda. Demak, haqiqiy autsayderlar bahsi Toshkent vaqti bilan 18:00 boshlanadi. Bu jamoalarning birinchi uchrashuvida 1:1 hisobida durang natija qayd etilgan edi. 

“Barselona” Maskeranoni futbolga qaytarmoqchi

“Arsenal”ga yangi futbolchi keladi

PSJ o‘yinga tayyor bo‘lmagan Neymarni maydonga tushirmoqchi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!