Legionerlarimiz. Bugun O‘zbekiston terma jamoasining 4 nafar a’zosi o‘ynaydi

  • 2 sentabr, 2023, 12:15
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

A Seriya.

Tecno

Bugun Italiya A Seriyasi 3-tur uchrashuvlari start oladi. Mazkur turda legionerimiz Eldor Shomurodov harakat qilayotgan "Kalyari" safarda "Bolonya" bilan kuch sinashadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:30da start olishi rejalashtirilgan. Shomurodov o‘yin qaydnomasida bor.

Liga 1.

Bugun Frantsiya chempionatida ham bir legionerimiz o‘ynaydi. Liga 1ning 4-turida Abduqodir Husanov sharafini himoya qilayotgan "Lans" safarda "Monako" bilan o‘ynaydi. Bellashuv tungi soat 00:00da start olishi rejalashtirilgan. Husanov bellashuv qaydnomasida bor va maydonga tushishiga tayyor.

RPL.

Umarali Rahmonaliev va Rustam Ashurmatov Ruslanbek Jiyanov hamda Ibrohimhalil Yo‘ldoshevga qarshi. Rossiya premer ligasining 7-turida "Nijniy Novgorod" o‘z uyida "Rubin"ni qabul qiladi. Uchrashuv 17:15da start oladi.

Jiyanov ushbu o‘yinda qatnashmaydi, chunki u Timur Kopadze boshliq Olimpiya terma jamoamiz yig‘iniga kelib qo‘shildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!