
Legionerlarimiz. Bugun Otabek Shukurov va Doston Hamdamov jamoalari o‘ynaydi
Bugun Birlashgan Arab Amirliklari chempionati 19-turidan o‘rin olgan "Sharja" - "Ajman" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
O‘yin Toshkent vaqti bilan 21:15da start oladi. Bellashuvga "Sharja" stadioni mezbonlik qiladi. Sharjaliklar safida Otabek Shukurov harakat qiladi.
Qatar chempionatida esa bugun 22-turda "Al Sayliya" - "Al Garafa" bahsi o‘tkaziladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:10ga belgilangan. Uchrashuv "Hamad bin Halifa" stadionida bo‘lib o‘tadi. Maydon egalari sharafini hamyurtimiz Doston Hamdamov himoya qilayotganidan xabaringiz bor, albatta.
Fikrlar