
Legionerimizni klubi qo‘yib yuboradi. Oladigan bormi?
Rossiya Premer-ligasida o‘ynayotgan “Rubin” jamoasi safida ikki nafar hamyurtimiz – himoyachi Rustam Ashurmatov va yarim himoyachi Umarali Rahmonaliev to‘p tepmoqda.
Bir necha manbalarning yozishicha, qozonliklar iste’dodli futbolchi Umarali Rahmonalievni ijaraga berishga qaror qilgan.
Mutaxassislar “Rubin” rahbariyatining bu qarorini yosh yarim himoyachining muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishini ta’minlash bilan izohlayapti.
Umarali Rahmonaliev “Bunyodkor” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. 20 yoshli futbolchi O‘zbekiston Superligasida jami 25 ta o‘yinda ishtirok etib, raqiblar darvozasini etti marotaba ishg‘ol qilgan.
Bundan tashqari, Rahmonaliev O‘zbekiston kubogi doirasida oltita o‘yinda bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘lgan.
Umarali 2023 yilning yanvarida erkin agent maqomida “Rubin” bilan shartnoma tuzgan edi. O‘sha paytda qozonliklar Birinchi ligadan yuqori divizionga chiqish uchun kurashayotgan edi va mavsum yakuniga kelib, liga g‘olibiga aylandi.
Umarali yangi mavsumda jamoaning asosiy tarkibdan o‘rin oldi. Iste’dodli hamyurtimiz Rossiya Premer-ligasida to‘qqiz marotaba maydonga tushdi. Rossiya kubogida beshta bellashuvda jamoasiga yordam berdi.
Shunday bo‘lsa-da, klub rahbariyati Umarali maydonda ko‘proq harakat qilishi va mahoratini oshirib borishi kerak, deb hisoblamoqda. “Rubin”da asosiy tarkibga kirish qiyinligini inobatga olib, yosh o‘yinchini ijaraga berishmoqchi.
Umarali Rahmonalievga bir necha jamoalardan qiziqish bo‘layotgani aytilayotgan bo‘lsa-da,hali “Rubin” klubi bu legioner transferi bo‘yicha aniq taklif olgani yo‘q.
Umaralining “Rubin” bilan shartnomasi 2026 yilning yozigacha tuzilgan. Bu mavsumdan e’tiboran futbolchimizning transfer summasida o‘sish ham kuzatilyapti. Transferlarga ixtisoslashgan https://www.transfermarkt.world portali ekspertlari yarim himoyachini 600 ming evroga baholanmoqda. Bir yil ichida Rahmonalievning summasi 250 ming evroga ko‘tarildi.
Umarali Rahmonaliev O‘zbekistonning U-20 va U-23 terma jamoalari o‘yinchisi hisoblanadi. 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilardan tarkib topgan terma jamoaga sardorlik qilayotgan Rahmonaliev Osiyo chempionati g‘olibi va Argentinadagi jahon chempionati ishtirokichisidir.
Umarali bu jamoa safida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasini ikki marotaba ishg‘ol qilgan.
Bundan tashqari, O‘zbekiston U-23 terma jamoasi safida oltita o‘yinda qatnashib, o‘z hisobiga bir juft gol yozdirib qo‘ygan.
Tezkor: FIFA Eldor Shomurodov uchun “Roma”dan pul undirdi
Abbosbek Fayzullaev og‘ir yukni elkasiga olyapti!
Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!
Olti karra Rossiya chempioni bo‘lgan “paxtakorchi”: Fayzullaev menga o‘xshamaydi!
Rossiya klubi o‘zbek futbolchisiga qiziqish bildirmoqda
Ranerining Shomurodov haqidagi gaplari rost chiqdi!
Fikrlar