Legionerimizga Janubiy Koreyaning uchta klubi taklif bilan chiqdi

  • 31 dekabr, 2020, 23:11
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Hamyurtimiz Oleg Zoteev 2020 yilgi mavsumning yarmidan Janubiy Koreya “K2” ligasi musobaqasida qatnashadigan “Chonnam Dragons” tarkibiga ko‘chib o‘tgandi.

Tecno

U erda futbolchimiz 10 tacha o‘yinlarda maydonga tushdi va bitta gol ham urdi. E’tiborlisi, Oleg Zoteevning Koreya maydonlaridagi o‘yinlari mutaxassislarning ham e’tiborini tortdi.

Natijada unga Koreyaning uchta klubidan taklif bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqida Zoteev sports.uz saytiga aytib o‘tdi. Ammo oldin xabar berganimizdek, legionerimiz “Chonnam Dragons” bilan shartnomasini uzaytirdi va 2021 yilgi chempionatni ham ushbu jamoada o‘tkazadi.

Tez orada Oleg Zoteev bilan uyushtirilgan suhbatni sports.uz saytida o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!