Legionerimiz yangi jamoaga o‘tdi!

  • 19 iyul, 2021, 13:32
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Joriy mavsum boshida “Aktobe” bilan shartnoma imzolagan hamyurtimiz Igor Sergeev bu klubni tark etib Kustanay shahriga ketib keldi.

Tecno

28 yoshli hujumchi tez orada “Tobol” bilan shartnoma imzolaydi.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, ayni paytda “Tobol”da legionerlar uchun qo‘yilgan limit to‘lgan. Agar klub Igor Sergeevni to‘qqizinchi legioner sifatida ro‘yxatdan o‘tkazsa, 35 million tenge miqdorida pul to‘lashi kerak bo‘ladi

500_6095795eb5dce (1)

Avvalroq, kustanayliklar o‘zbekistonlik hujumchiga joy ochish uchun frantsiyalik Jeremi Manzorroni Qarang‘andaning “Shaxtyor” klubiga qo‘yib yuborishi haqida xabarlar tarqatilgan edi.

“Tobol” tez orada UEFA miqyosidagi musobaqadagi ishtirokini boshlaydi. Klub rahbariyati muhim turnir oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan va shuning uchun ham Igor Sergeevni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Aslida Igor Sergeev “Aktobe” bilan yuqori maqsadlar uchun kurashishi kerak edi. Aktobeliklar “Paxtakor” bilan shartnomasi tugagan Igor Sergeevni qo‘lga kiritish uchun “Astana” bilan  anchagina raqobatlashdi. “Aktobe” moliyaviy kafolatlari bilan o‘zbekistonlik futbolchini shu jamoani tanlashiga kifoya qildi. Igor Sergeev aktobeliklar tarkibida eng katta maosh oladigan futbolchi hisoblanardi.

Jamoasining eng qimmatbaho o‘yinchisi bo‘lgan hamyurtimiz premer-liga o‘yinlarida o‘ziga bildirilgan ishonchi juda tez oqladi. Chempionatning birinchi qismida raqiblar darvozasiga ettita gol urib, bitta golli pas oshirdi.

881f2-igor-sergeyev

Biroq, keyinroq klub rahbariyati o‘zgardi va yangi kelganlar uchun Igor Sergeevdek hujumchini ushlab turish moliyaviy tomondan qiyinchilik tug‘dira boshladi. Jamoaning natijalari ham pastlab ketdi. Ayni paytda “Aktobe” legionerimizni sotib yuborish orqali moliyaviy imkoniyatlarini yaxshilab olish va muammoli pozitsiyalarga yangi futbolchilarni taklif etishga harakat qilmoqda.

Avvalroq, hamyurtimizga Sharqiy Evropa – Polsha va Ruminiya jamoalaridan takliflar bo‘lgandi. Shuningdek, Igor Sergeevning agenti unga Angliyaning “Sheffild Yunayted” klubidan qiziqish borligini ham tasdiqlagandi.

Superligamizning amaldagi chempioni “Paxtakor” ham O‘zbekiston chempionatlari tarixida jamoa uchun eng ko‘p – 101 ta gol urgan hujumchisini ortga qaytarishga qarshi emas. Ayniqsa, Eren Derdiyok klubni tark etganidan keyin toshkentliklarda yaxshi saviyadagi hujumchiga ehtiyoj borligi aytilmoqda.

Ayni paytda xalqaro musobaqada ishtirok etishga hozirlik ko‘rayotgan “Tobol” ichki chempionatda ham peshqadamlik qilmoqda. Kustanayliklar hozircha, 19 ta uchrashuvda 12 ta g‘alaba, oltita durang va bitta mag‘lubiyat qayd etgan holda 42 ochko bilan birinchi o‘rinda bormoqda.

g46299118_52ddd56341af488f3dadd63b31dfced6

“Tobol” tez orada UEFA Konferentsiya Ligasida qatnasha boshlaydi. Bu Evropa futbol uyushmalari federatsiyasining Chempionlar ligasi va Evropa ligasidan keyingi uchinchi turniri hisoblanadi.

“Tobol” ushbu turnirning ikkinchi bosqichidan qo‘shiladi va Xorvatiyaning “Xayduk” klubiga qarshi maydonga tushadi. Jamoalar 22 va 29 iyul kunlari o‘zaro ikkita uchrashuv o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Igor Sergeev “Paxtakor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U poytaxt jamoasidan tashqari Xitoyning “Beytszin Goan” (14 ta o‘yin va bitta gol) hamda Birlashgan Arab Amirliklarining “Az-Zafra” (10 ta o‘yin bitta gol) jamoalari sharafini ham himoya qilgan.

Mohir to‘purar O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida 55 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol etgan. 

IMG_7827

Bir so‘z bilan aytganda, Igor Sergeevning moliyaviy muammolarga duch kelgan “Aktobe”dan yuksak maqsadlari sari  intilayotgan “Tobol”ga o‘tayotganini muvaffaqiyatli qadam sifatida baholash mumkin.

To‘purar legionerimizni UEFA musobaqasiga chaqirishmoqda!

Legionerimizni o‘ynatmagan jamoa premer-ligadan chetlatiladi!

Shomurodov raqamini o‘zgartirdi!

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol ura oladi? Eldor savolga javob berdi!

Shomurodov yangi mavsumda nechta gol urishini aytdi!

“Tottenxem”da Shomurodovni kutgan Mourino endi “Roma”dan Eldorni olishni talab qilmoqda!

Shomurodov mutaxassislar fikrini o‘zgartirdi!

“Jenoa” Shomurodovga Ukrainadan raqobatchi olib kelmoqda!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!