Legionerimiz xet-trikka erishgan o‘yindan keyin nimalar dedi?

  • 20 fevral, 2021, 19:45
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Tailand chempionatida 21-tur bahslari o‘tkazildi. E’tiborlisi, ushbu tur hamyurtimiz Sardor Mirzaev va uning jamoasi – “Muangtong Yunayted” uchun juda omadli keldi.

Tecno

Safarda “Ratchaburi” jamoasi mehmoni bo‘lgan “Muangtong Yunayted” 1:3 hisobida g‘alaba qozondi. Mirzaev esa shubhasiz uchrashuv qahramoniga aylandi. Chunki hamyurtimiz uchta gol urgan holda xet-trikka erishdi (6, 25, 66-daqiqalarda). Tabiiyki, shunga yarasha Sardor o‘yinning eng yaxshi futbolchisi ham bo‘ldi. O‘yindan keyin Mirzaev sports.uz sayti uchun o‘z taassurotlarini quyidagicha bildirdi:

- Albatta, xursandman. Faoliyatimda birinchi marta xet-trikni nisholandim. Eng asosiysi, jamoam g‘alaba qozondi. Endi har uch kunda o‘ynayapmiz. Chunki koronavirus sababli yanvar oyida ham chempionatimiz to‘xtatib qo‘yilgandi. Endi bo‘lsa, ikki oy ichida 18 ta uchrashuvda maydonga tushishimiz shart. Bu albatta o‘ziga yarasha qiyin. Shunday qilib, Tailand chempionatini mart oyining oxirigacha tugatib qo‘yishmoqchi. Osiyo Chempionlar ligasining pley-off bosqichiga chiqish uchun harakat qilyapmiz. Bu borada imkoniyatimiz bor. Mamlakat Kubogida ham chorak finalga chiqqanmiz va ishtirokimiz davom etyapti. Maqsadimiz sovrinni qo‘lga kiritish, - deya so‘zini yakunladi, Mirzaev.

Eslatib o‘tamiz, ayni paytda Mirzaevning jamoasi chempionatda 34 ochko bilan 4-o‘rinda boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!