
Legionerimiz premer-liganing 52 futbolchisi qatoridan joy oldi
Qozog‘istonlik jurnalistlar premer-liganing dastlabki turi yakunlanganidan so‘ng, mamlakat chempionatida debyut qilgan futbolchilar sonini sanab chiqdi.
UEFA tarkibiga kiruvchi Qozog‘iston chempionatining yuqori divizionida jami 14 ta jamoa g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda. Sertifikatsiya komissiyasining qaroriga ko‘ra, “Aktobe”, “Jetisu” va “Shaxter” jamoalaridan uch ochkodan olib tashlangani ham qiziq holat.
Umuman olganda, yangi mavsumda premer-ligada 52 nafar yangi futbolchi debyut qildi. Shulardan o‘n ikki nafari mahalliy futbolchilardir.
Qolgan qirq nafar debyutant yaqin va uzoq xorijdan kelgan legionerlar ekan. Ular orasida hamyurtimiz Igor Sergeev ham bor. “Paxtakor” to‘purarlaridan bo‘lgan hujumchimiz “Aktobe” sharafini himoya qilib, safida “Kaspiy”ga qarshi o‘tkazilgan birinchi uchrashuvda faol harakatlari bilan e’tiborga tushdi.
“Aktobe” jamoasi ikkinchi tur uchrashuvini o‘z maydonida “Tobol”ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bahs 20 mart kuniga belgilangan.
Fikrlar