Legionerimiz O‘zbekistonga emas, Turkiyaga ketdi!

  • 15 yanvar, 2024, 18:16
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Rossiya Premer-ligasi debyutanti – “Rubin” chempionatning ikkinchi qismiga puxta tayyorgarlik ko‘rish maqsadida yangi ildagi ilk o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketdi.

Tecno

Qozon shahri klubining matbuot xizmati murabbiylar shtabi tomonidan yig‘inga taklif etilgan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

0a86-9f214cb39dc31c093f68baf82505ae69

Unga ko‘ra, Turkiya yo‘l olgan tarkib quyidagicha ko‘rinish oldi:

Darvozabonlar: Yuriy Dyupin, Egor Shamov, Nikita Yanovich, Nikita Korets.

Himoyachilar: Dmitriy Kabutov, Igor Vuyachich, Urosh Drezgich, Egor Teslenko, Aleksey Gritsaenko, Aleksandr Martynovich, Valentin Paltsev (ko‘rikdagi o‘yinchi), Matsey Ribus, Ilya Rojkov.

Yarim himoyachilar: Oleg Ivanov, Aleksandr Zotov, Marat Apshatsev, Ugochukvu Ivu, Aleksandr Lomovitskiy, Ruslan Bezrukov, Umarali Rahmonaliev, Valentin Vada, Nikola Chumich, Lazar Randjelkovich, Darko Yevtich, Leon Musaev.

Hujumchilar: Joel Fameye, Mirlind Daku.

“Rubin” rahbariyati yangi yil arafasida to‘rt nafar futbolchisi – Umarali Rahmonaliev, Aleksandr Lomovitskiy, Igor Konovalov va Leon Musaevni boshqa jamoalarga o‘tkazib yuborishi haqida ma’lumot chiqqan edi.

Xususan, klub rahbariyati 20 yoshli Umaraliga muntazam o‘yin amaliyoti kerakligi uchun uni ijaraga jo‘natishga qaror qilgan.

Turkiyaga yo‘l olgan futbolchilar orasida jamoadan ketishi kutilayotgan o‘yinchilardan faqatgina Igor Konovalov ko‘rinmayapti. Qolganlar xorijiy mashg‘ulotlarda qatnashadi.

“Rubin” bosh murabbiyi Rashid Rahimov to‘rt futbolchisini qo‘yib yuborishi haqida xabarlar tarqatilganidan keyin Umarali Rahmonalievga takliflar tusha boshladi.

Xususan, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi sardorini Rossiya chempionati birinchi liga jamoasi “Akron” o‘z safida ko‘rmoqchi.  Jurnalist Sergev Ilevning ma’lum qilishicha, tolyattiliklar “Rubin”dan  o‘zbek futbolchisining transfer ma’lumotlarini so‘ragan. “Akron” joriy mavsumda Premer-liga yo‘llanmasi uchun kurashmoqda va tarkibini kuchaytirmoqchi.

Bundan tashqari, Umarali Rahmonaliev O‘zbekistonga qaytishi kutilgandi. Ayrim ommaviy axborot vositalari iste’dodli futbolchi “Oimpik” jamoasiga qo‘shilishi mumkinligi haqida ma’lumot tarqatdi.

Ma’lumki, Timur Kapadze boshqarayotgan “Olimpik” O‘zbekiston olimpiya terma jamoasining o‘zagi hisoblanadi.

Biroq, Rahmonalievning “Rubin” safida Turkiyaga yo‘l olgani transfer masalalari hali ochiq ekanidan dalolat beradi.

“Rubin”dagi yana bir legionerimiz Rustam Ashurmatov O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatardagi Osiyo kubogida ishtirok etayotgani bois, klub yig‘inlaridan ozod etilgan.

06eba5c2e6cd6857adaf6e6b18ef0840

“Rubin”ning Belek shahridagi yig‘ini 26 yanvarga qadar davom etadi. Qozonliklar 22 yanvar kuni Serbiyaning “Napredak” va 26 yanvarda Bolgariyaning “Slaviya” jamoasi bilan o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushadi.

Mashhur klub Fayzullaevning sherigi bo‘yicha muzokara boshladi

Fayzullaevga ustozi yangi vazifa yukladi

O‘zbekistondan Osiyo kubogida syurpriz kutishyapti!

Bu transfer amalga oshsa, Husanov muntazam asosiy tarkibda o‘ynaydi!

Ikki legionerimiz uchun Turkiya, Rossiya va Qozog‘iston klublari kurashyapti

“Barsa”da Yamal, bizda Fayzullaev!

O‘zbekistonning Osiyo kubogidagi raqibi Suriya Rossiyadan Fayzullaevni yaxshi biladigan futbolchini chaqirdi!

Nihoyat, Fayzullaev muxlislar va mutaxassislarga murojaat yo‘lladi

Fayzullaev eng muhim voqeani aytdi

Fayzullaev raqib ustiga qo‘rqmay bostirib boradigan futbolchi!

Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!