
Legionerimiz gol urgan o‘yinda jamoasi yirik hisobda g‘alaba qozondi (video)
Tailand chempionati 10-turi doirasidagi "Muangtong Yunayted" - "Prachuap" uchrashuvi yakuniga etdi. Unda mezbonlar 5:0 hisobida zafar quchdi.
E’tiborlisi, 3-gol Sardor Mirzaev tomonidan kiritildi. Legionerimiz penaltini aniq amalga oshirdi. 78-daqiqada esa zaxiraga olindi.
Ushbu g‘alaba natijasida 10-o‘rindagi MYu ochkolari sonini 10 taga etkazdi. 11-pog‘onadagi "Prachuap" hisobida ham xuddi shuncha ochko bor.
Fikrlar