
Legionerimiz 3 ta assist qayd etib, ramziy jamoaga kiritildi (Foto)
Xabaringiz bor, Sardor Mirzaev Tailand chempionatida faoliyat yuritmoqda. Hamyurtimiz "Muangtong Yunayted" klubi sharafini himoya qilmoqda.
Bu jamoa 28-turda "Bangkok Yunayted"ni qabul qildi va 3:1 hisobida zafar quchdi. E’tiborlisi, Sardor jamoasining barcha gollarida ishtirok etdi, ya’ni assisttentlik qildi.
3 assistdan so‘ng Sardor Mirzaev tur ramziy terma jamoasidan o‘rin oldi.
Fikrlar