
Laporta Xavining qaytishi borasida fikr bildirdi
"Barselona" prezidenti Joan Laporta jamoaning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes borasida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:
- Xavining "Barselona"ga qaytishi - o‘ziga hos holat. Muxlislarning unga nisbatan mehri va ishonchini his qilmoqdaman. Endi ular avvalgidan ko‘proq hayajonlanishadi.
- Xavi jamoaning ambittsiyalarini yaxshi biladi. U futbolchi sifatida hamma narsaga erishdi. Bugun "Barselona" tarixida ajoyib kun.
- Men Xavining muvaffaqiyatiga ishonaman. U qurilish davrida jamoani qabul qilib olgani yaxshi bo‘ldi. Xuddi shunday holat, Pep va Raykard bilan ham sodir bo‘lgandi.
- Biz hamma uchun quday bo‘lgan shartnomaga erishdik. Xavi va "Al-Sadd" muzokaralar jarayonida yonimizda bo‘ldi.
Fikrlar