
Laporta Kuman haqida: "O‘tib ketadi, degan umiddaman"
"Barselona" klubi prezidenti Joan Laporta Xavi hamda Ronald Kumanni solishtirdi.
"O‘tgan mavsum so‘nggida Kumanga nisbatan shubhalarim bor edi. Shunga qaramay, Ronald ishlashni davom ettirmoqchi bo‘ldi. Afsonani hurmat qilganim uchun imkon berdim. Biroq hammasi joyida emasligini ko‘rdik va qaror qabul qilishimga to‘g‘ri keldi.
Ronaldni "Uembli"dagi golini yaxshi eslayman. Agar mendan hafa bo‘lgan bo‘lsa, o‘tib ketadi degan umiddaman.
Xavi "Barsa"ni yaxshi ko‘radi. Ishonchim komilki, u ko‘p yillar davomida jamoamizning bosh murabbiyi bo‘lib, bizga quvonch ulashadi", - dedi Laporta.
Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik murabbiy Kataloniya klubida 2020-2021 yillar mobaynida ishlagan.
Fikrlar