Laporta: Klub – futbolchilar, murabbiy va direktorlardan ustun

  • 6 avgust, 2021, 14:50
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" prezidenti Joan Laporta hujumchi Lionel Messining klubdan ketishiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ishtirok etdi va quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.

Tecno

"Men bu erga Messi atrofidagi vaziyatni tushuntirish uchun keldim. Afsuski, moliyaviy ahvolimiz juda yomon. Daromadimizning 110% foizi maoshlarga sarflanadi. Bu shuni anglatadiki, bizda harakat qilishning imkoni yo‘q.

Vaziyat biz aytganimizdan ham yomonroq. Qarzlar kutilganidan ziyod. Albatta, bu moliyaviy feyr-pley bilan bog‘liq. Messi bilan tuzilgan yangi shartnoma tasdiqlanmadi.

Shu nuqtai nazardan, La Liga talab qilgan kelishuvga qo‘shilmaymiz, chunki bu bizni yarim asrga qarz qilib qo‘yadi. Klub – futbolchilar, murabbiy va direktorlardan ustun", - dedi Laporta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Sulton Kuldashev
06/08/2021 15:19
Лапорта ва месси шахмат уйнашни бошлашибди копил ажойиб тактика
Sulton Kuldashev
06/08/2021 15:19
** койил