"Lans" himoyachisi "Roma"ga o‘tadi

  • 27 avgust, 2024, 15:51
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Lans"ning asosiy himoyachisi Kevin Danso "Roma"ga ko‘chib o‘tishga yaqin turibdi. Ushbu transfer borasida tomonlar kelishib olishdi, deya xabar berdi Fabritsio Romano. 

Tecno

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, himoyachini rimliklar 25 million evroga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oladi. Futbolchi bilan esa uzoq yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda. 

Dansoni ancha paytdan beri top klublar kuzatib keladi. Uni Frantsiyaning bir nechta jamoalari ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilib ko‘rdi. Ammo Danso Italiyani tanladi. 

Ma’lumot uchun, Kevin 2021 yili "Augsburg"dan 5,5 million evroga sotib olingan. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!