“Lans” Chempionlar ligasiga ro‘yxatni e’lon qildi. Husanov bormi?

  • 15 sentabr, 2023, 08:02
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘tgan mavsumni ikkinchi o‘rinda yakunlab, Frantsiya vitse-chempioni bo‘lgan “Lans” uzoq tanaffusdan so‘ng joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Tecno

Frantsuz klubi qur’a natijasiga ko‘ra, “ko‘hna qit’a”ning eng nufuzli musobaqasi guruh bosqichida jiddiy raqiblarga to‘qnash kelgan.   

744c69f5762c1dcec025e4ef39af06d5

“Lans” turnirning V guruhida o‘ziga o‘xshagan vitse-chempionlar Angliyaning “Arsenal”, Niderlandiyaning “PSV Eyndxoven” hamda Evropa ligasining g‘olibi – Ispaniyaning “Sevilya” jamoalari bilan kuch sinashadi.

Lansliklar nufuzli musobaqada ishtirok etadigan 25 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkibni e’lon qildi.

Murabbiylar shtabi yozda olingan yangi o‘yinchilardan ikki nafarini bu ro‘yxatga kiritmadi. Niderlandiyalik yarim himoyachi Steyn Shpirings  Liga 1 o‘yinlarida muntazam ishtirok etayotgan bo‘lsa-da, Chempionlar ligasida qatnashmaydi.

Bundan tashqari, kolumbiyalik legioner Oskar Kortes ham murabbiylar tanlovidan tushib qoldi. U ham bor e’tiborini milliy chempionatga qaratadi.

Shuningdek, hali jarohatidan qutilmagan yarim himoyachi Jimmi Kabo hamda darvozabon Vilker Farines ham Chempionlar ligasidan quruq qoldi.

“Lans” rahbariyati qaydnomaga hali 20ga to‘lmagan yosh o‘yinchilarni kiritgani futbol ekspertlarining e’tiborini tortdi. 19 yoshli markaziy himoyachi Abduqodir Husanov, 17 yoshli yarim himoyachi Fode Silla, 18 yashar hujumkor futbolchi Ayanda Sishuba Evropaning eng nufuzli turnirida qatnashadi.

25 nafar futbolchidan iborat yakuniy tarkib quyidagi ko‘rinishda bo‘ldi:

Darvozabonlar:

Jan-Lui Leka, Bris Samba, Yannik Pandor.

Himoyachilar:

Ruben Agilar, Deyver Machado, Kevin Danso, Fakundo Medina, Fetu Mauassa, Massadio Xaydara, Jonatan Gradit, Abduqodir Husanov, Pshemislav Frankovski.

Yarim himoyachilar:

Salis Abdul Samed, Pereyra da Kosta, Andi Diuf, Nil Al-Aynaui, Nampali Mendi, Adrien Tomasson, Fode Silla.

Hujumchilar:

Florian  Sotoka, Ele Vaxi, Anjelot Fuljini, Uesli Said,Morgan Gilavogi, Ayanda Sishuba.

366373243_774953917971211_6387193316318496386_n

“Lans” futbolchilari guruh bosqichining ilk turini 20 sentyabr kuni Ispaniyada “Sevilya”ga qarshi o‘tkazadi. O‘z maydonidagi birinchi uchrashuvda 3 oktyabr kuni “Arsenal”ni qabul qiladi.

Evropa Chempionlar ligasining guruh bosqichi 12 dekabr kuni yakunlanadi.

“Lans” Husanovni qo‘yib yuboradi

“Kalyari”: Shomurodov ortga qaytadi!

O‘zbek futbolchilari mashhur darvozabonni bezdirib qo‘ydi

O‘zbekistonning gollari meksikaliklarni qattiq xavotirga solib qo‘ydi

“Barsa” yulduzi nega Messining emas, Shomurodovning sevimli raqamini tanladi?

Shomurodovga yordam kerak!

O‘zbekiston va Rossiya to‘qnashuvida oltita gol bo‘ldi

Shomurodovni uyg‘otib qo‘yinglar...

Italiyalik muxlislar Shomurodovni muhokama qilmoqda: yaxshi gap ham, tanqid ham etarli!

Husanov jamoasi haqida hayratlanarli fakt!

Shomurodov transferi o‘zini oqlaydimi?

Fanatlar Shomurodovdan nimani talab qilyapti?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Bohodir Solihov
14/09/2023 13:33
Иншааллоҳ майдонда ҳам кўрамиз