Lamin Yamalga xushxabar keldi (foto)

  • 5 avgust, 2024, 13:33
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Jahon futbolining eng yosh yulduzi Lamin Yamal yangi mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlaydigan bo‘ldi.

Tecno

Ispaniya terma jamoasiga Ginnesning rekordlar kitobidan maxsus sertifikatlar keldi. Unda 17 yoshli futbolchi Evropa chempionatining final qismida ishtirok etgan eng yosh futbolchi va Evropa Chempionatida gol muallifi bo‘lgan eng yosh o‘yinchi sifatida rekordlar muallifi bo‘lgandi.

Ginnesning rekordlar kitobi mutasaddilari Lamin Yamalning bu ko‘rsatkichlarini rekord sifatida rasman tasdiqlab, unga tegishli hujjatlarni topshirdi.

Lamin Yamal “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. O‘tgan mavsumda klublar miqyosida barcha turnirlarda 50 marotaba maydonga tushgan futbolchi ettita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi.

Yamal Ispaniya terma jamoasida safida 14 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini uch marotaba ishg‘ol qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!