
La Liganing joriy mavsumida eng ko‘p qizil "Real" va "Barsa"da
La Liganing 9-turida "Real" mehmonda "Malorka" (0:1) ga qarshi bahs olib bordi va uchrashuvda madridliklar futbolchisi Alvaro Odrisola qizil kartochka bilan jazolandi.
Bu Madrid klubi uchun mavsumdagi 3-qizil kartochka hisoblanadi. Bu La Ligadagi hozirgi eng yuqori ko‘rsatkich.
Bundan tashqari, "Barselona" va "Betis" klublarida ham 3 tadan qizil kartochka bor.
Fikrlar