
La Liga. "Real Madrid"ning "Vilyarreal"ga qarshi qaydnomasi ma’lum
Ispaniya La Ligasining 28-turi doirasida Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" "Vilyarreal" bilan bahs olib boradi. Mazkur to‘qnashuv uchun "qirollik klubi"ning kengaytirilgan tarkibi bilan tanishing.
Ushbu bellashuvdan avval "qaymoqranglilar" 57 ochko bilan 2-o‘rinni egallab turibdi. Peshqadam bo‘lib turgan "Barselona"da ham shuncha ochko mavjud, faqatgina yana bir qoldirilgan uchrashuvini o‘tkazishi kerak. "Sariq suvosti kemalari" esa hozirgi kunda 26 ta uchrashuv o‘tkazib, 44 ochko to‘plagan holda, umumiy turnir jadvalining 5-o‘rinini band qilishmoqda.
Fikrlar